rasm topilmadi
rasm topilmadi
Siz boshqaruvni ishona oladigan
haqiqiy CRM tizim

EduSmart CRM imkoniyatlari

Samarali boshqaruvni yo'lga qo'yish, vaqtni tejash, o'quvchilar sonini ko'paytirish, yaxshi reklama tizimini tanlash, harajatlarni kamaytirish, markaz faoliyatini doimiy nazorat qilish ... bularning barchasi uchun yagona yechim EduSmart CRM.

O'quvchilarni qabul qilish

Tizimda o'quv markazining qabul jarayoni individual yondashuv asosida ishlab chiqilgan bo'lib, juda ham sodda ko'rinishga ega. Qabul jarayonida ikki xil ro'yxatga olish usulidan foydalaniladi. Birinchi usul oddiy (vaqtinchalik) ro'yxatga olish usuli bo'lib, unda o'quv markazida o'qish istagini bildirgan va o'quv kurslari uchun guruhlar to'lishini kutub turgan yoki aloqaga chiqilishi lozim bo'lgan o'quvchilar ro'yxatga olinadi. Ikkinchi usul bu haqiqiy (doimiy) ro'yxatga olish usuli bo'lib, unda o'quv markazining sinov darslaridan o'tgan va o'quv markazida o'qishni davom ettirish istagini bildirgan o'quvchilar ro'yxatga olinadi.

Batafsil

Guruhlarni shakllantirish

Vaqtinchalik ro'yxatga olingan o'quvchilar orasidan sinov darslaridan o'tgan va o'quv markazida o'qishni davom ettirish istagini bildirgan o'quvchilar doimiy ro'yxatga olinib, bilim darajalariga ko'ra mos guruhlarga biriktiriladi yoki ular asosida yangi guruh shakllantiriladi

Batafsil

Elektron davomat

Tizimda o'quv markazida ta'lim olayotgan barcha o'quvchilarni elektron davomat qilish, kunlik davomat ko'rsatkichlarini ularning shaxsiy kabinetiga, telegram akkauntiga, ota-onalarining telefon raqamiga sms xabarnoma shaklida yuborish, davomat hisobotlarini excel dasturiga eksport qilish hamda istalgan oylik davomat ko'rsatkichlarini hisobot shaklida olish imkoniyati yaratilgan

Batafsil

Aqlli dars jadvali

Tizimdagi aqlli dars jadvali siz belgilagan hafta kunlari, dars vaqti va biriktirilgan o'quv xonalariga asoslangan dars jadvalini avtomatik tayyorlab beradi. Bu sizga dars jadvalini tayyorlash uchun sarflaydigan juda ko'p vaqtingizni tejash hamda uni tuzishdagi xatoliklarni soddagina yechimi hisoblanadi.

Batafsil

To'lovlar va oylik maoshni hisoblash

To'lovlar bo'limi orqali online to'lovni amalga oshirish, har bir o'quvchining to'lovlar tarixini kuzatish, o'quv markazining oylik, yillik tushumlarining avtomatik hisobini ko'rish imkoniyati mavjud. Har bir o'quvchi kurs uchun to'lovlarni amalga oshirgan vaqti tizim tomonidan ikki nusxali to'lov cheki shakllantiriladi, bu chekning bir nusxasi o'quv markaziga ikkinchi nusxasi o'quvchiga beriladi. Tizimning oylik maosh bo'limida ajratilgan foiz yoki belgilangan summa asosida o'qituvchi va markaz hodimlarining oylik maoshlari tizim tomonidan avtomatik hisoblab boriladi.

Batafsil

Qarzdorlik va to'lov hisobotlari

Tizimning qarzdorlar bo'limi orqali qarzdorligi mavjud bo'lgan o'quvchilar to'g'ridagi barcha ma'lumotlarni olish, ularning ro'yxatini excel dasturiga eksport qilish, qarzdorligi mavjud bo'lgan barcha o'quvchilarga bir vaqtning o'zida qarzdorlik to'g'risida sms xabarnoma yuborish, hisobotlar bo'limi orqali esa guruhlar bo'yicha to'lanishi lozim bo'lgan to'lov summasi, oy davomida amalga oshirilgan to'lovlar, hozirdagi qarzdorlik to'g'risidagi barcha hisoblarni ko'rish, oylik, choraklik va yillik hisobotlarini excel dasturiga eksport qilish imkoniyati mavjud.

Batafsil

Imtixonlar, natijalar monitoringgi

Imtixonlar bo'limi orqali siz o'quvchilar uchun rejalashtirilgan imtixonlarni yaratishingiz mumkin. Tizimda ikki xil usuldagi imtixonlarni o'tkazish tartibi belgilangan bo'lib, bular DTM (Davlat test markazi) imtixonlari va maxsus (IELTS, TOEFL, CEFR, TOPIK va hk) uchun imtixonlar. Imtixon natijalari tizim tomonidan avtomatik hisob-kitob qilinib, to'plangan ballar asosida o'sish va kamayish tartibida saralanadi. Tizimning yana bir imkoniyati imtixon natijalarini avvalgilari bilan solishtirilib o'quvchilar bilimini o'sish yoki kamayish ko'rsatkichlarini diagrammalar asosida ifodalaydi.

Batafsil

SMS xabarnomalar yuborish

Tizimning xabarlar bo'limi orqali amalga oshirilgan to'lovlar, qarzdorlik, kunlik davomat, o'tkazilishi belgilagan imtixonlar, ularning natijalari, yangi ochilgan kurslar, tug'ilgan kun va bayram tabriklarini sms xabarnomalar shaklida ularning shaxsiy kabinetiga, telegram akkauntiga, ota-onalarining telefon raqamiga yuborish imkoniyati mavjud.

Batafsil

Topshiriqlar menejeri

Ushbu bo'lim asosan o'quv markaz menejeri va rahbarlari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda topshiriqlar kalendari joylashtirilgan. Topshiriqlar kalendari orqali menejer va rahbarlar markaz o'qituvchilari hamda boshqa hodimlar uchun kalendar tartibida muddatli topshiriqlar berishlari va ularning bajarilishini nazorat qilishlari mumkin.

Batafsil

Ma'lumotlar Statistikasi (diagrammalar asosida)

Ma'lumotlar Statistikasi tizimning asosiy oynasida keltirilgan bo'lib, unda o'quv markazining asosiy ko'rsatkichlari (jami o'quvchilar, xodimlar, filiallar, kurslar, sms paketlar soni, guruhga olingan, guruhga olinmagan o'quvchilar, oylik pul tushumi, qarzdorlik) diagrammalar asosida ifodalangan. Yuqoridagi ko'rsatkichlar markaz xodimlarining vakolati doirasida ularning shaxsiy kabinetlarida ko'rinadi, faqatgina rahbarda barcha ko'rsatkichlar to'liq ko'rinib turadi.

Batafsil

Marketing

Marketing bo'limi o'quv markazining reklama marketinggini samarali tashkil etish hamda samarasiz reklama faoliyatiga ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirishga qaratilgan bo'lib, har bir ro'yxatga olinayotgan o'quvchilardan qaysi reklama orqali o'quv markaziga tashrif buyurganligi to'g'risida so'rovnoma o'tkazilib natijasi tizimga kiritiladi. Tizim tomonidan kiritib borilgan so'rovnoma natijalari tahlil qilinib, eng samarali reklama usuli tavsiya etiladi.

Batafsil

Telegram bot xizmati

Telegram bot yordamida o'quvchilar va ularning ota-onalari telegram orqali kurs uchun amalga oshirilgan to'lovlar, qarzdorlik, o'tkazilishi rejalashtirilgan imtihonlar, ularning natijasi, yangi ochilgan kurslar va umumiy e'lonlar bilan yaqindan tanishib boradilar.

Batafsil

O'quvchi va ota-onalar uchun shaxsiy kabinet

O'quvchi va ota-onalar o'zlarining shaxsiy kabinetlari orqali amalga oshirilgan to'lovlar, qarzdorlik, davomat, o'tkazilishi rejalashtirilgan imtihonlar, ularning natijasi, yangi ochilgan kurslar va umumiy e'lonlarni doimiy kuzatib boradilar. Shaxsiy kabinetga telefon, planshet, kompyuter yoki boshqa qurilmalar orqali kirish imkoniyati yaratilgan.

Batafsil

Xodimlar uchun shaxsiy kabinet

Xodimlar shaxsiy kabinetlari orqali o'zlarining vakolatlari doirasida tizimning barcha imkoniyatlaridan foydalanishlari, belgilangan vazifalarni bajarishlari va bajarilish jarayonini nazorat qilishlari mumkin.

Batafsil

Edu-Smart

mobil ilovasi - bu Edu-Smart foydalanuvchilari uchun shaxsiy kabinet va xizmatlardan onlayn foydalanish imkoniyati.

Edu-Smart
123

Mobil ilova

EduSmart tizimining maxsus mobil ilovasi foydalanuvchilarga mobil telefon orqali shaxsiy kabinetlariga kirish hamda tizimning barcha imkoniyatlaridan qulay usulda foydalanish imkonini beradi.

Batafsil

Chat

Tizimdagi chat guruhdagi o'quvchilar va fan o'qituvchilari o'rtasida xabar almashish, topshiriqlar berish, ularni qabul qilish, ota-onalar uchun esa o'qituvchi va markaz xodimlari bilan doimiy aloqani ta'minlashga xizmat qiladi.

Batafsil

Markazlashgan ma'lumotlar bazasi va arxivi

Tizimdagi barcha ma'lumotlar eng so'ngi ma'lumotlar bazasi va ularning imkoniyatlaridan foydalangan holda saqlanadi. Ushbu ma'lumotlar bazasidan ma'lumotlarni qidirish, saralash va ularni chop etish juda ham oson. Endi siz ma'lumotlaringizni qog'ozlarda saqlash, ular uchun ortiqcha sarf-xarajat qilish, yo'qotib qo'yish ka'bi muammolardan aziyat chekmaysiz. Bu hali hammasi emas. Tizimdagi hech qaysi ma'lumot to'liq o'chib ketmaydi, barcha o'chirilgan va eski ma'lumotlar tizim arxiviga o'tkaziladi. Agar vaqtlar o'tib sizga avvalgi ma'lumotlar zarur bo'lib qolsa yoki o'quv markazingizda yangi kurslar ochilsa, bu haqida avval o'qib ketgan o'quvchilaringizga xabar bermoqchi bo'lsangiz tizim arxiviga murojaat qilishingiz mumkin bo'ladi.

Batafsil

Yuqori darajadagi xavfsizlik

Edu-Smart CRM tizimida ma'lumotlar xavfsizligini yuqori darajada ta'minlash maqsadida tizimning ma'lumotlar bazasidan real vaqt rejimida zahira nusxa (backup) olib turiladi. Bu o'z navbatida turli sabablarga ko'ra ma'lumotlar yo'qolishini va favqulotda zarar yetgan yoki yo'qotilgan ma'lumotlarni bezarar tiklash imkoniyatini yaratadi. Edu-Smart CRM tizimi maxsus xalqaro SSL xavfsizlik sertifikatiga ega bo'lib, tarmoq bo'yicha ma'lumotlarni uzatishda protokolni himoya qilish orqali foydalanuvchini tizimga xavfsiz bog'lanishini ta'minlab beradi. Barcha ma'lumotlar HTTPS va SSL protokollari yordamida shifrlab maxsus himoya kanali orqali uzatiladi.

Batafsil